3 nafar bola Zarafshon daryosida cho‘kib ketdi
Bu haqda Bosh prokurorning matbuot kotibi maʼlum qildi.

25 may kuni soat 14.00 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola Zarafshon daryosiga cho‘milish maqsadida borib, ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib ketishgan. Bu haqda Bosh prokurorning matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov o‘zining telegramdagi rasmiy sahifasi orqali maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, FVB hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 1 nafar bolaning murdasi topilgan.
Shuningdek, qolgan 2 nafar bolani qidirib topish ishlari olib borilmoqda. Hozirda marhumning o‘limi bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.







