Niderlandiya Putinning sobiq kuyovi mol-mulkini musodara qildi
Mamlakat huquq-tartibot idoralari unga qiziqish bildirgani uchun u Rossiyaga qaytishga majbur bo‘lgan.

Putinning sobiq kuyovi yaqinda Amsterdamga uchib ketgan, biroq Niderlandiya huquq-tartibot idoralari unga qiziqish bildirgani uchun u Rossiyaga qaytishga majbur bo‘lgan.
Vladimir Putinning to‘ng‘ich qizi sanalgan Mariya Voronsovaning sobiq eri Yorrita Faassenning mol-mulki musodara qilingani haqida dunyoning qator nashrlari xabar berdi.
Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, Putinning sobiq kuyovi Amsterdam chekkasidagi 1432 kvadrat metr maydonga ega yerni Putinning Rotenberg tuzilmalaridan 450 ming evroga sotib olgan.
The Guardian nashrining yozishicha, Niderlandiya prokuraturasi 12 may kuni yerni tortib olgan. Bu Faassen jinoiy ishda ayblanuvchiga aylanganini anglatishi mumkin.
Faassenning tanishi Proekt nashriga aytishicha, Putinning sobiq kuyovi yaqinda Amsterdamga uchib ketgan. Biroq Niderlandiya huquq-tartibot idoralari unga qiziqish bildirgani uchun u Rossiyaga qaytishga majbur bo‘lgan. Faassen Amsterdamga kelgach, sanksiyalardan bo‘yin tovlagani bilan bog‘liq holda so‘roq qilingan.







