O'zbekiston

Prezident jamoat transportida yurib, xizmat sifatini ko‘rdi

Davlat rahbari yo‘lkira to‘lovi tizimini tartibga solish, harakat nazoratini raqamlashtirish, bekatlarda sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Prezident jamoat transportida yurib, xizmat sifatini ko‘rdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 may kuni “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi 7-avtobus saroyini borib ko‘rdi.

 

Aholining kundalik hayotiga daxldor har bir masala davlatimizning eʼtiborida. Xususan, jamoat transporti tizimi o‘sib borayotgan talabdan kelib chiqib rivojlantirilmoqda.

 

So‘nggi yillarda Toshkent shahri ham eniga, ham bo‘yiga o‘sdi. Muqim aholi, vaqtincha yashovchilar, turistlar, talabalar soni oshdi. Ilgari shaharda kuniga 800-900 ming yo‘lovchi jamoat transportidan foydalangan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 1 million 300 mingdan oshgan. Shu bois avtobuslar yetishmasligi, kutish vaqti ko‘pligi kabi muammolar yuzaga kelgan edi.

 

Davlat rahbari o‘tgan yil 13 dekabr kuni poytaxtdagi 18-avtobus saroyida bo‘lib, bu ahvolni o‘zi ko‘rgan, yangi avtobuslar olib kelish va yo‘lovchilarga qulayliklarni oshirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Shundan kelib chiqib, joriy yil 16 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu galgi tashrif chog‘ida Shavkat Mirziyoyev sohadagi vazifalar ijrosi bilan tanishdi.

 

Aprel-may oylarida Toshkent shahriga 755 ta zamonaviy avtobus olib kelinib, yo‘lovchilari eng ko‘p yo‘nalishlarga qo‘yilgan. Natijada avtobuslarning kunlik soni 1 ming 400 taga yetgan, 9 ta qo‘shimcha yo‘nalish ochilgan. Yaqin kunlarda yana 245 ta avtobus keltiriladi.

 

Jumladan, 7-avtobus saroyi shu paytgacha 18 ta yo‘nalishda kuniga 90 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatar edi. Yaqinda uning parki 67 ta yangi transport bilan boyidi. Tabiiyki, yo‘lovchi tashish quvvati oshib, avtobuslarning oraliq vaqti qisqardi.

 

Mutasaddilar Toshkent shahrining yangilangan Transport bosh rejasi bo‘yicha ham axborot berdi. Qayd etilganidek, u shaharning kengayishi va yo‘lovchilar oqimi tahlili asosida, 167 ta yo‘nalishdan iborat tarzda ishlab chiqilgan. Shundan 17 tasida kunlik reja belgilash tartibi bekor qilinib, bosib o‘tilgan masofaga qarab hisob-kitob tizimiga o‘tilgan. Iyun-iyul oylarida qolgan 150 ta yo‘nalish ham tender savdolari orqali shunday tizimga o‘tkaziladi. Natijada qatnovlar muntazamligi taʼminlanadi, xizmat sifati oshadi.

 

Bunda haydovchilarning malakasi ham juda muhim. Shu bois Transport universiteti va boshqa o‘quv markazlarida haydovchilikka o‘qitish hamda qayta tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Avtobus haydovchilarining oylik maoshlari ikki barobar oshirilib, yil boshidan beri mingdan ziyod haydovchi ishga qabul qilingan.

 

Davlat rahbari avtobuslarga sifatli servisni yo‘lga qo‘yish muhimligini taʼkidladi. Yo‘lkira to‘lovi tizimini tartibga solish, harakat nazoratini raqamlashtirish, bekatlarda sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

- Yangi avtobuslar, albatta, xalqimizga qo‘shimcha sharoit yaratdi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

- Endigi vazifa yo‘llarda tirbandlikni kamaytirib, avtobuslarning erkin harakatini taʼminlash. Pirovard maqsad - Toshkentda jamoat transporti qamrovini 2 million yo‘lovchiga yetkazish.

 

Prezident avtobusga o‘tirib, oddiy yo‘lovchilar bilan birga yo‘nalish bo‘ylab yurib ko‘rdi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident jamoat transportida yurib, xizmat sifatini ko‘rdi | Zamon.uz