O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Chilonzordagi mahallaga bordi

Prezident u yerda mahalla ahli bilan suhbatlashgan.

Shavkat Mirziyoyev Chilonzordagi mahallaga bordi

 

Prezident Shavkat Mirziyeyov Toshkent shahridagi 3-Katta Chilonzor mahallasiga tashrif buyurdi.

 

Mamlakatda barcha dasturlar aholi ehtiyojidan kelib chiqib, manzilli amalga oshirilmoqda. Buning uchun “mahalladagi beshlik” tizimi joriy etilib, ularga keng imkoniyatlar berildi. “Xavfsiz mahalla”, “Xavfsiz ko‘cha” konsepsiyalari hayotga tatbiq etilmoqda. Mahallalarning o‘ziga mablag‘ yo‘naltirilib, obod qilinmoqda.

 

Bu 3-Katta Chilonzor mahallasida ham yaqqol namoyon. Fuqarolar yig‘ini binosi, 52 ta ko‘p qavatli uy zamonaviy qiyofaga ega. Maydonchalar va ichki yo‘llar tekislanib, atrofi obodonlashtirilgan. Bolalar o‘yingohi va sayilgoh tashkil etilgan.

 

“Yashil makon” umummilliy loyihasiga muvofiq, bo‘sh maydonlarga daraxt ko‘chatlari, rayhon, namozshomgul kabi gullar ekildi, maysazorlar tashkil etildi. Mahalla hududidan o‘tgan “Anhor” kanali bo‘yida saylgoh, piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etildi. Shuningdek, elektr podstansiyasi, transformator va past kuchlanishli kabellar yangilandi.

 

Prezident bu o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirdi. Shu yerda mahallalar faollari, nuroniylar bilan muloqot bo‘ldi.

 

“Bilasizlar, hamma ishlarimizni mahallada amalga oshiryapmiz. Agar mahalla obod bo‘lsa, oilalar tinch va daromadli bo‘lsa, o‘qish, izlanish, rivojlanish bo‘ladi. Shu bois bu tizimga qo‘shimcha vakolatlar beryapmiz. Bugun mahalla kambag‘allikni qisqartirish, xotin-qizlar muammosini hal qilish, yoshlar tarbiyasida katta kuchga aylanmoqda”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

 Aholi vakillari buni mahalla hayotida sezayotgani, yoshlarni o‘qitish, ishga joylashtirish eʼtiborda ekanini aytishdi. Chilonzordagi 55 ta mahallani obod qilish, ijtimoiy masalalarni hal qilishga 115 milliard so‘m ajratilgani qayd etildi.

 

Bu yil Toshkent shahrining 585 ta mahallasiga 351 milliard so‘m, shundan Chilonzordagi 55 ta mahallaga 35 milliard so‘m yo‘naltirilishi maʼlum qilindi.

 

Prezident bandlik masalasiga alohida eʼtibor qaratdi.

 

“Xabaringiz bor, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha yangi tizim asosida ish boshladik. Bunda mahallalardagi ishsizlar salohiyatli tadbirkorlarga biriktiriladi. Chilonzor tumanida 10 ming nafar ishsiz fuqaroning bandligini taʼminlashimiz kerak. O‘ylaymanki, tadbirkorlar bu bo‘yicha o‘ziga masʼuliyat olib, nuroniylarimiz bosh-qosh bo‘ladi”, - dedi davlatimiz rahbari.

 

Uchrashuvda Prezident fuqarolar bilan ochiq, samimiy suhbatlashdi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Shavkat Mirziyoyev Chilonzordagi mahallaga bordi | Zamon.uz