O'zbekiston

Soxta Prezident administratsiyasi xodimlari ushlandi

Uchko‘prik tuman hokimi lavozimiga tayinlash evaziga 80 ming AQSH dollari talab qilgan shaxslar qamoqqa olindi.

Soxta Prezident administratsiyasi xodimlari ushlandi

 

IIV Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, joriy yilning 18 may kuni IIVga Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilgan.

 

Uning qayd etishicha, shu yilning aprel oyida o‘zini Prezident administratsiyasi xodimi sifatida tanishtirgan shaxs va uning sherigi Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik va Beshariq tumanlari referendum o‘tganidan so‘ng lavozimidan bo‘shatilishini, ularning o‘rniga nomzod qidirib yurishganini aytishgan.

 

Ular ariza muallifini Uchko‘prik tumaniga hokim etib tayinlash evaziga 80 ming AQSH dollari, shundan hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga oldindan 25 ming AQSH dollari talab qilishgan.

 

Arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Mirobod tumanida ikki nafar shaxs ariza muallifidan 25 ming AQSH dollarini olgan vaqtda ushlanganlar. Ularning yonidan bir necha fuqarolarning rahbar lavozimlariga tayinlash uchun Prezident administratsiyasiga yozgan arizalari tekshirish uchun olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Soxta Prezident administratsiyasi xodimlari ushlandi | Zamon.uz