0

Farg‘onada tez yordam va qo‘riqlash boshqarmasi mashinalari YTHga uchradi

Hodisa oqibatida jarohatlanganlar bor.

Farg‘onada tez yordam va qo‘riqlash boshqarmasi mashinalari YTHga uchradi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatidagi Qo‘riqlash boshqarmasi tezkor harakatlanuvchi guruh avtotransporti va tez tibbiy yordam mashinalari o‘rtasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgani aks etgan suratlar tarqaldi. Holatga Milliy gvardiya qo‘riqlash bosh boshqarmasi munosabat bildirdi. 

 

Maʼlum bo‘lishicha, tezkor harakatlanuvchi avtotransport vositasi Quvasoy shahar A.Navoiy ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan  tez tibbiy yordam bo‘limining Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

 

YTH oqibatida 2 nafar fuqaro yengil va o‘rta darajadagi tan jarohati olishgan.

 

Hozirda holat yuzasidan Quvasoy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Farg‘onada tez yordam va qo‘riqlash boshqarmasi mashinalari YTHga uchradi