O'zbekiston

O‘zbekistonda 4 oyda besh yuzga yaqin kishi YTH qurboni bo‘ldi

Respublikada yanvar-aprel oylarida jami 2144 ta YTH qayd etilgan.

O‘zbekistonda 4 oyda besh yuzga yaqin kishi YTH qurboni bo‘ldi

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida 26-may kuni Prezidentning «Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlarining axboroti eshitildi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.
 

Tadbirda avtomobil yo‘llarida transport vositalarini o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yaxshilash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga 2023-yilda jami 707 ta transport va 298 ta piyodalar svetoforini o‘rnatish hamda 404 ta svetoforni (348 ta transport, 56 ta piyoda) rekonstruksiya qilish belgilangani ta‘kidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, parlament muhokamasiga kiritilgan bo‘lishiga qaramasdan qaror ijrosini ta’minlashda ayrim kamchiliklar ham mavjudligi aytildi.

Xususan, qarorda belgilangan vazifalar ijrosi tegishli hududiy maxsus komissiyalar tomonidan to‘liq ta’minlanmasligi hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar xalq deputatlari mahalliy Kengashlari muhokamasiga muntazam tarzda kiritilmasligi oqibatida 2022-yilda respublikada 9902 ta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan hamda ularda 9606 nafar fuqaro jarohatlangan va 2356 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, republika bo‘ylab 2023-yilning dastlabki 4 oyi davomida 2144 ta yo‘l transport hodisasida 499 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda 4 oyda besh yuzga yaqin kishi YTH qurboni bo‘ldi | Zamon.uz