Jahon

Rossiya benzin eksportini qisqartirmoqchi

Bu O‘zbekistonga taʼsir qilishi mumkin

Rossiya benzin eksportini qisqartirmoqchi

Rossiya hukumati birja savdolarida narxlar oshishi sababli benzin eksportini qisqartirishni ko‘rib chiqmoqda. Ta‘minotning cheklanishi Rossiyadan to‘rt oy ichida 327,8 million litr benzinni har litri uchun 4579 so‘mdan import qilgan O‘zbekistonga taʼsir qilishi mumkin. Bu haqda Rossiya energetika vaziri Nikolay Shulginov maʼlum qildi.

 

Reuters agentligi yaqinda tanqislikning oldini olish uchun Rossiya hukumati eksportga taqiq qo‘yish va tovar birjasida benzinni majburiy sotish hajmini oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgan. Biroq vazirning aytishicha, faqat eksportni qisqartirish masalasi muhokama qilinmoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, Energetika vazirligi tez orada yoqilg‘i bozoridagi vaziyatni baholaydi va benzin va dizel yonilg‘isi eksportini cheklash bo‘yicha takliflar kiritadi.

 

“Biz ‘taqiq‘ so‘zini ishlatmayapmiz, balki cheklovlar haqida gapiryapmiz. Energetika vazirligi kompaniyalarimizga yetkazib berishni ko‘paytirish va eksportni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar beradi, lekin taqiq emas. Chakana narxlar hozirda barqaror va biz yonilg‘i quyish shoxobchalarining yalpi marjasi yuqori darajada qolayotganini ko‘rib turibmiz, shuning uchun chakana savdoda bunday o‘zgarish bo‘lishi kutilmayapti”, — dedi Shulginov. 

 

Bundan tashqari,“RBK” xabariga ko‘ra, Rossiyada birja savdolarida benzin narxi bir necha oydan beri oshib bormoqda. May oyida Rossiyaning Yevropa qismida Ai-95 benzinining birja narxi bir necha marta rekordlarni yangiladi. Oxirgi tarixiy rekord 17 may kuni bir tonna uchun 61 409 rubl (768 dollar) o‘rnatildi. Energetika vazirligi matbuot xizmatining nashrga maʼlum qilishicha, Ai-95 birja narxlarining oshishi chakana savdoda benzin narxiga jiddiy taʼsir ko‘rsatmaydi: neftni qayta ishlash zavodidagi taʼmirlash mavsumi oldidan yonilg‘i zaxiralari yaratilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya benzin eksportini qisqartirmoqchi | Zamon.uz