Xitoy taykonavtlarning Oyga qo‘nish sanasini maʼlum qildi
Shuningdek, mamlakat Oydagi “yer”iga amerikaliklarni kiritmasligini bildirdi.

Xitoyning boshqariladigan parvozlar dasturi maʼmuriyati (CMSA) taykonavtlarni Oy yuzasiga jo‘natish muddatini eʼlon qildi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, parvozni 2030 yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, CMSA ikki xitoylik astronavt ilmiy tadqiqotlar uchun oy roverini boshqarishini maʼlum qildi.
Avvalroq Amerikaning NASA kosmik agentligi rahbari Bill Nelson Xitoy rasmiylari AQSH bilan kosmik poygada g‘olib chiqsa, Oydagi hududga o‘z huquqlarini daʼvo qilishi mumkinligidan xavotir bildirgan edi. Uning taʼkidlashicha, AQSH bu sohada allaqachon Xitoy bilan raqobatlashmoqda.
«Biz ular avvalo ilmiy izlanishlar niqobi ostida resurslarga boy hududlarga bormasliklariga ishonch hosil qilganimiz maʼqul», — dedi Nelson.
Shu bilan birga, Xitoy amerikaliklarni Oydagi “hudud”iga kiritmasligini taklif qildi.







