O'zbekiston

Yangiyo‘lda xotira byustiga hurmatsizlik qilgan bolalarning ota-onasiga chora ko‘rildi

Holat bo‘yicha viloyat IIBB maʼlumot berdi.

Yangiyo‘lda xotira byustiga hurmatsizlik qilgan bolalarning ota-onasiga chora ko‘rildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida bolalarning xotira byustiga nisbatan g‘ayriijtimoiy harakatlar qilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Joriy yilning 28 may kuni Yangiyo‘l tumanida 27-maktabning 3 nafar 6-sinf o‘quvchilari tuman markazida joylashgan “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirasi”ga o‘rnatilgan byustlardan birini urib, noo‘rin harakatlar qilgan. So‘ng ushbu holat videosini Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirganlar. Video internet foydalanuvchilari orasida ko‘plab eʼtiroz va muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Tuman IIB xodimlari tomonidan o‘quvchilar, ularning ota-onasi, maktab va mahalla masʼullari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazildi.  Unda o‘quvchilarga nafaqat Yangiyo‘l tumani, balki viloyat faxri bo‘lgan bunday shaxslar xotirasiga hurmatsizlik qilish ham noto‘g‘ri ekanligi tushuntirildi.

 

Ushbu holatda shaxslar voyaga yetmaganligi inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismiga asosan ularning ota-onalariga nisbatan maʼmuriy chora ko‘rildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yangiyo‘lda xotira byustiga hurmatsizlik qilgan bolalarning ota-onasiga chora ko‘rildi | Zamon.uz