O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturini taqdim etdi

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari taʼlim planshetlari bilan to‘liq taʼminlanadi hamda chekka hududlarda maktab avtobuslari bepul yo‘lga qo‘yiladi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturini taqdim etdi

Toshkent shahridagi Congress-hall majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdan tashqari syezdida 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovida O‘zLiDePning ishtiroki va saylovda partiyadan ko‘rsatiladigan nomzod masalasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qurultoyda O‘zbekiston prezidentligiga «O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining nomzodi Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturining maqsad va vazifalarini qurultoy qatnashchilari eʼtiboriga havola etdi.



Jumladan, bio-texnologiya, sunʼiy intellekt va boshqa yuqori texnologik yo‘nalishlarda yiliga 500 nafar isteʼdodli yoshlar eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o‘qishga yuboriladi. Shavkat Mirziyoyevning maʼlum qilishicha, buning uchun 200 million dollar yo‘naltiriladi. Shuningdek, 2030 yilga qadar maktabgacha taʼlimga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanadi va qamrov 100 foizga yetkaziladi. Bog‘cha va maktablar filtrlangan ichimlik suvi bilan to‘liq taʼminlanadi.



Xususiy taʼlimga qo‘shimcha yengilliklar beriladi. Davlat-xususiy sheriklik asosida maktablar qurish keng joriy etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari taʼlim planshetlari bilan to‘liq taʼminlanadi. Chekka hududlarda maktab avtobuslari bepul yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusi yetti yilda barcha maktablarga chet ellardan «til egalari» bo‘lgan o‘qituvchilar olib kelinadi.

 

«‘Gepatit S‘ kasalligini 100 foiz davlat hisobidan davolashni yo‘lga qo‘yamiz. ‘Tuberkulyoz‘ bilan kasallanish darajasini yuz ming aholiga nisbatan hozirgi 34 nafardan keskin kamaytirishga erishamiz. Shuningdek, onkologik bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida, mamlakatimizda ilk bor o‘zak hujayralarini transplantatsiya qilish yo‘lga qo‘yiladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Taʼkidlanishicha, bu boradagi xarajatlar ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun to‘liq davlat hisobidan qoplanadi. Bundan tashqari, 2030-yilga qadar tibbiyotga byudjetdan ajratiladigan yillik mablag‘ hajmini 2 karra oshirib, 6 milliard dollarga yetkazish hamda O‘zbekistonda o‘rtacha umr davomiyligini hozirgi 73 yoshdan kelgusida 78 yoshga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturini taqdim etdi | Zamon.uz