AQSHning Toshkentdagi elchixonasi viza to‘lovi oshirilganini ma’lum qildi
Narxlarning oshishi 17 iyundan boshlab kuchga kiradi.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmatining xabar berishicha, AQSh turistik viza toifasiga hamda petitsiya talab etmaydigan noimmigratsion viza turlariga murojaat etuvchilar uchun ma'muriy to'lov miqdori 2023-yil 17-iyundan boshlab 160 AQSh dollaridan 185 AQSh dollariga ko'tariladi.
Shuningdek, vaqtinchalik ishchilar uchun petitsiya (H, L, O, P, Q va R toifalari) asosidagi boshqa noimmigratsion vizalar uchun viza to‘lovlari 190 dollardan 205 dollargacha ko‘tariladi.
Davlat departamentining tushuntirishicha, noimmigratsion vizalar uchun to‘lovlar konsullik xizmatlarlarining narxiga bog‘liq.







