Toshkent viloyatidan Yangi Toshkentga qancha yer o‘tadi?
Bu bo‘yicha raqamlar maʼlum qilindi.

Yangi Toshkent shahrini barpo etish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan jami 19729,4 gektar yer maydoni ajratilmoqda. Shundan 12905,7 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari va 6823,7 gektar boshqa yer toifasidagi yerlardir.
Mazkur yerlardan foydalanuvchilar esa 772 tani tashkil etmoqda.
Jumladan, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yerlari – 13185 gektar, yordamchi xo‘jaliklar va issiqxona yerlari – 203,8 gektar, dehqon xo‘jaliklari – 323,5 gektar, o‘zga yerdan foydalanuvchilar – 2263,2 gektar, aholi tomorqalari – 3012,6 gektar, mahalliy hokimiyat zaxirasidagi yerlar – 60,5 gektar, kanallar va yo‘llarga ajratilgan yerlar – 680,5 gektar.








