O'zbekiston

Metro vagonida “prank” video olgan ikki bloger 5 sutkaga qamaldi

Tarmoqlarda 2001 yilda tug‘ilgan yigitlarning metro poyezdida notanish qizga shilqimlik qilgan videosi tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Metro vagonida “prank” video olgan ikki bloger 5 sutkaga qamaldi

 

1 iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida metro poyezdida notanish qizga shilqimlik qilgan 2 yigitga nisbatan sud hukmi o‘qilib, ularning har biri 5 sutkaga qamaldi.

 

30 may kuni tarmoqlarda ushbu 2001 yilda tug‘ilgan yigitlarning metro poyezdida notanish qizga shilqimlik qilgan videosi tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Videoda ikki yigitdan biri tutqichni ushlab turgan qizning qo‘lini bosib turishga harakat qilgani, qiz qo‘lini olib qochsa ham yigit yana harakatda davom etganini ko‘rish mumkin. Ularning ikkinchisi esa buni video tasvirga olib turgan.

 

Zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi loyihasining yozishicha, ular TikToker‘lar bo‘lib, bu videoni “prank” yaʼni hazilomuz tarzda tasvirga olgan. Material tarmoqqa qo‘yilib, keyin o‘chirib tashlangan.

 

Mazkur voqea tarmoq foydalanuvchilari tomonidan tanqidga uchragach, blogerlardan biri holat yuzasidan uzr so‘rab chiqdi. Yana biri esa Instagram sahifasidagi barcha videolarni o‘chirib tashladi.

 

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti bogerlar bilan bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi. Ularga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41 prim 1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) va 46 prim 1-moddasi (Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) bilan bayonnoma rasmiylashtirildi hamda chora ko‘rish uchun sud organlariga yuborildi. Yigitlar videoni hazil tarzida olgani, qilgan ishi bo‘yicha aybdor ekanini aytib, uzr so‘radi.

 

Sud ishni ko‘rib chiqdi va yigitlarni Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topib, ushbu kodeksning 32-moddasi (maʼmuriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar) 4-qismi tartibida ularning har biriga 5 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinladi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Metro vagonida “prank” video olgan ikki bloger 5 sutkaga qamaldi | Zamon.uz