O'zbekiston

Xalqaro tashkilotlar Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganini olqishladi

Agentlikning tashkil etilishi O‘zbekistonning milliy rivojlanish maqsadlari va Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirishdagi muhim qadamdir.

Xalqaro tashkilotlar Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganini olqishladi

 

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), BMT Bolalar jamg‘armasi (UNISEF) va Jahon banki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Milliy ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganini olqishlaydi. Jahon miqyosida va O‘zbekistonda ijtimoiy himoya islohotini qo‘llab-quvvatlovchi yetakchi tashkilotlar sifatida ishonchimiz komilki, bu O‘zbekistonning ijtimoiy himoya sohasidagi kun tartibini ilgari surishda hamda butun hayotlari davomida alohida shaxslar va oilalarning kambag‘allik, zaiflik va ijtimoiy chetlanishini kamaytirishga va oldini olishga qaratilgan Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini, shuningdek O‘zbekistonning milliy rivojlanish maqsadlari va Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirishdagi muhim qadamdir.

 

Agentlikning vazifalari qatoriga aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining kompleks va har tomonlama chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish va amalga oshirish, zaiflikning oldini olish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoya qilish kiradi. Tashkil etilgan Agentlik tarqoqlik, ijtimoiy himoya funksiyalaridagi bo‘shliqlarni bartaraf etish, tizim monitoringi va baholashni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishiga qatʼiy ishonamiz. Bundan tashqari, Agentlik bolalarni himoya qilish va nogironligi bo‘lgan shaxslar inklyuziyasi borasidagi ustuvor yo‘nalishlarga xalqaro standartlar va meʼyorlarga muvofiq ravishda alohida eʼtibor berishi quvonarlidir. Ushbu agentlik vakolatli organ sifatida ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy xizmatlarni o‘zida mujassamlashtirgan ijtimoiy himoya siyosatini ishlab chiqishni, shuningdek bandlik sektori va boshqa xizmatlar bilan o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirishni taʼminlaydi. Umid qilamizki, Agentlik milliy ijtimoiy himoya siyosatining meʼyoriy asoslarini belgilab beradi, alohida dasturlarni ishlab chiqishga rahbarlik qiladi hamda chora-tadbirlarning amalga oshirilishini dalillarga asoslanib nazorat qilgan holda ularning muvofiqlashtirilganini taʼminlaydi.

 

Agentlik doirasida O‘zbekistonda oilalar va bolalar farovonligiga taʼsir etuvchi, uzoq davom etadigan yoki to‘satdan sodir bo‘ladigan zarba va inqirozlarga moslashuvchi va tezkor javob beradigan, ularning chidamliligini mustahkamlaydigan ijtimoiy himoya tizimini yaratish uchun ulkan imkoniyatlarni ko‘rmoqdamiz.

 

XMT, UNISEF va Jahon banki mamlakatda barchaning manfaati yo‘lida ijtimoiy himoyani rivojlantirish uchun O‘zbekiston hukumatini bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

custom img

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Belgilangan to‘lov ham onlayn amalga oshiriladi.

custom img

Suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi: 5 oktyabrdan o‘chiriladi

2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

custom img

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda yomg‘ir oldidan shamol kuchayishi sabab qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

custom img

Juda ko‘p miqdordagi firibgarlik: gumonlanuvchi Gruziyada qo‘lga olindi

Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlari ishtirokida fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"