Endi ayrim mashinalar Toshkentga kiritilmaydi
Buning uchun poytaxtning 4 ta joyida postlar tashkil etiladi.

Belgilangan ekologik meʼyorlarga javob bermaydigan transport vositalarining Toshkentda harakatlanishi cheklanadi. Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, poytaxtning 4 ta kirish yo‘l patrul maskanlarida doimiy ekologik postlar tashkil etiladi.
Tun-u kun ishlaydigan postlar — Uch qahramon, Erkin, Sharq, Bektemir.
Shuningdek, Toshkentda “N-2” (yuk tashish quvvati – 3,5-12,0 tonna) va “N-3” (yuk tashish quvvati 12,0 tonna) toifasiga kiruvchi transport vositalarining harakati tartibga solinadi. Bunda o‘rnatilgan standartlarga javob bermaydigan transport vositalarini kichik avtomobil halqa yo‘li orqali harakatlanishi taʼminlanadi.








