Ziyoratchilarning dastlabki guruhi haj ziyorati uchun jo‘nab ketdi
Ular Toshkent xalqaro aeroportidan kuzatib qo‘yilgan.

Bugun, 4 iyun kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhlari haj ziyoratini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar berdi.
Ularni kuzatish uchun Prezident maslahatchisi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida jam bo‘lishgan.
Eslatib o‘tamiz, ziyoratchilar shu yilning 4 -19 iyun kunlari haj safariga kuzatiladi.








