AQSH va Xitoy rasmiylari Pekinda “ochiq” muzokaralar o‘tkazdi
Bloomberg: Kritenbrink Xitoyning josuslik shari AQSH tuprog‘i ustidan uchib o‘tganidan keyin Pekinga tashrif buyurgan ilk amaldor bo'ldi.

AQSH Davlat departamentining Osiyo bo‘yicha vakili Daniyel Kritenbrink va Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ma Chjaoxu ikki davlat mudofaa rahbarlari Lloyd Ostin va Li Shanfu Singapurdagi xavfsizlik forumida to‘qnash kelganidan bir necha kun o‘tib uchrashdilar. Tomonlar «ochiq-oydin muzokaralar olib borishdi, deb yozdi Bloomberg.
Shunday qilib, Kritenbrink fevral oyida Xitoyning josuslik shari AQSH tuprog‘i ustidan uchib o‘tib, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashganidan keyin Pekinga ilk tashrif buyurgan AQSHning eng martabali amaldoriga aylandi. Rasmiylar aloqani davom ettirishga rozi bo‘lishdi, ammo Pekin Vashingtonning “provokatsion” harakatlaridan ehtiyot bo‘lib qolmoqda, deya xabar beradi Reuters.
«Har ikki tomon Xitoy-AQSH munosabatlarini yaxshilashga ko‘maklashish bo‘yicha ochiq, konstruktiv va samarali muloqotga kirishdi», – deyiladi Xitoy tashqi ishlar vazirligi bayonotida. Davlat departamenti ham muzokaralarni ochiq va samarali deb atadi.
Singapurda Ostin va Li Shangfu qo‘l siqib ko‘rishishgani aytilmoqda. Pentagon, shuningdek, «harbiy sohada turli darajadagi muhokamalarga erishishda davom etish» niyatini bildirgan.







