Toshkentda qarzga botgan erkak o‘zini o‘ldirdi
Holat bo‘yicha BP maʼlumot berdi.

Toshkentda qarzga botgan erkak o‘zini 4-qavatdan tashlab yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
5 iyun kuni soat 00.30 larda Olmazor tumanida yashagan 1985 yilda tug‘ilgan erkak qo‘p qavatli yashash uyining 4-qavatidan o‘zini tashlab yuborib, vafot etgan.
Tekshirish davomida marhum plastik rom ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanganligi va so‘nggi vaqtlarda qarzlari ko‘payib ketganligi sababli tushkunlikda yurganligi aniqlangan. Hozirda tekshirish harakatlari davom etmoqda.








