Yakkasaroyda oltin tanga sotayotganlar ushlandi
Ular 1 mlrdlik tanga savdosi ustida qo‘lga tushgan.

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 1902 yilda ishlab chiqarilgan oltin tangani sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro A.T. va boshqalar 1902 yilda ishlab chiqarilgan og‘irligi 32,22 gram bo‘lgan 1 dona “Nikolay-2” oltin tangasini 100 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Madaniy meros agentligining xulosasiga ko‘ra, ushbu oltin tanganing bugungi kundagi bahosi 1 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








