Bugun poytaxtning ayrim hududlarida issiq suv bo‘lmaydi
Issiq suv taʼminoti 7 iyun kuni kechqurun soat 21:00 gacha ishga tushadi.

Poytaxtning Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi bo‘ylab quvurlarni ko‘chirish va yangi issiqlik magistralini ulash ishlari yakunlanishi munosabati bilan bugun, 7 iyun kuni, ayrim manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Chilonzor tumani: Beshchinor, Diyor, Oqtepa, Bog‘iston, Dilobod, Xalqlar do‘stligi, Nafosat, Qatortol, Katta Navbahor, Navbahor, Ko‘tarma, Zarqo‘rg‘on va Fidokor mahallalari.
Issiq suv taʼminoti 7 iyun kuni kechqurun soat 21:00 gacha ishga tushadi.
«Veolia Energy Tashkent» MCHJ XK barcha noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘ragan.







