AQSHning 15 ta shtatida ogohlantirish eʼlon qilindi
Maktablarda mashg‘ulotlar bekor qilindi.

AQSHning 15 shtati rasmiylari aholini havo sifati yomonlashgani haqida ogohlantirdi.
Atmosferadagi mayda dispers moddalarning tarkibi zararli hisoblanadi va millionlab odamlarning nafas olishini qiyinlashtiradi. Bu qo‘shni Kanadada yuz berayotgan o‘rmon yong‘inlaridan chiqayotgan tutun bilan bog‘liq.
Nyu Yorkdagi maktablarda ochiq havodagi mashg‘ulotlari bekor qilindi. Mahalliy atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi aholiga niqob taqish va ko‘chalarda jismoniy faollikni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Ekologlarning taʼkidlashicha, havoning ifloslanishi tufayli o‘pka va yurak xastaligi bilan og‘rigan odamlar, keksalar, bolalar va homilador ayollar xavf ostida.








