DXA masʼullari 1 mlrd pulni talon-taroj qildi
Hozirda 7 nafar aybdor lavozimidan olingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasining sobiq masʼul xodimlari byudjet mablag‘larini talon-taroj qilgani haqida habarlar tarqaldi. Holatga Adliya vazirligi munosabat bildirdi.
Maʼlum bo‘lishicha, sobiq Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasida 864 mln so‘m va Samarqand viloyat boshqarmasida 394 mln so‘m jismoniy va yuridik shaxslarga qaytarishi lozim bo‘lgan mablag‘lar ayrim buxgalteriya va davlat xizmati markazi xodimlari tomonidan o‘zlashtirilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘liq qaytarilishi taʼminlangan. Aybdor 7 nafar xodim lavozimidan ozod etilgan hamda jinoiy javobgarlik masalasini hal etish uchun to‘plangan meteriallar shu yil fevral oyida prokuratura organlariga yuborilgan.








