Texasda ko‘prik qulab tushdi
Oqibatda 20 dan ortiq bolalar jarohat olgan.

Texasning Surfsayd-Bich shahrida yog‘och ko‘prik qulab tushdi, oqibatda 20 dan ortiq bola jarohat oldi, deb xabar bermoqda mahalliy “Fox29” telekanali.
Olti nafar o‘smir tez yordam mashinasida, yana 10 nafarga yaqini esa o‘tginchilarning avtomobilida shifoxonaga yetkazilgan.
Voqea yozgi lagerda dam olayotgan bolalarni sayrga olib chiqish vaqtida sodir bo‘lgan. Telekanal maʼlumotlariga ko‘ra, mahalliy politsiya ko‘prikning qulashi sabablarini o‘rganmoqda.








