Aziz Abduhakimov ekologiya vaziri bo‘ldi
Parlament deputatlari uning nomzodini maʼqullashgan.

Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Aziz Abduhakimov nomzodini ko‘rib chiqdilar.
Majlisda A.Abduhakimov ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi islohotlarning samaradorligini taʼminlash maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlari bo‘yicha o‘z Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.
Deputatlar A.Abduhakimov nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga maʼqulladilar.







