O'zbekiston

IIB formasida sigaret chekib, behayo so‘zlar ishlatgan qizning shaxsi aniqlandi

Holat bo‘yicha shahar IIBB maʼlumot berdi

IIB formasida sigaret chekib, behayo so‘zlar ishlatgan qizning shaxsi aniqlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda bir qiz avtomobilda ichki ishlar xodimi kiyimida sigaret chekayotgani va behayo so‘zlarni ishlatayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat bo‘yicha munosabat bildirdi.

 

Aniqlanishicha, mazkur videodagi qiz maktab o‘quvchisi – voyaga yetmagan 2006 yilda tug‘ilgan S.A. bo‘lib, uning ota-onasi bilan birga profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Ularga qiz ichki ishlar organlari formasini ruxsatsiz kiyish bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra, yaʼni formali kiyim-bosh kiyib yurishi nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish taqiqlangani va bu xatti-harakati bilan u qonunni buzgani tushuntirilgan.

 

Suhbat davomida qiz ushbu formani tanishi 20 yoshli Sh.M.dan olgani va ushbu video unga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobilda suratga olinganligini bildirgan. Tekshiruv jarayonida Sh.M. ushbu formani qonunga xilof ravishda saqlaganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat bo‘yicha qizning onasi V.A.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi (“Farzandlarni tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, Sh.M.dan forma o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yilgan. Sh.M. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasi bilan javobgarlikka tortilgan, sud tomonidan unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

IIB formasida sigaret chekib, behayo so‘zlar ishlatgan qizning shaxsi aniqlandi | Zamon.uz