O'zbekiston

O‘zbekistondan kelgani aytilayotgan chumolilar Buyuk Britaniya energiyasiga tahdid qilmoqda

"Elektr chumolilar" orolga 2009-yilda — O‘zbekistondan olib kelingan xona o‘simliklari bilan birga borib qolgani aytilmoqda.

O‘zbekistondan kelgani aytilayotgan chumolilar Buyuk Britaniya energiyasiga tahdid qilmoqda

 

Lasius neglectus yoki inglizlar taʼbiri bilan aytganda «elektr chumolilar» orolga 2009 yilda, O‘zbekistondan olib kelingan xona o‘simliklari bilan birga borib qolgan. Bu haqda Daily Star nashri yozmoqda. Hasharotlar elektr simlarini «xush ko‘rishi» bilan mashhur, ular qisqa tutashuv va elektr uzilishlariga sabab bo‘lmoqda. Mutaxassislarning fikricha, ular hatto uylarni elektrsiz qoldirishi mumkin.

 

Nashrning yozishicha, yaqinda olimlar chumolilar uyasi malikalari ucha olishini aniqladi. Yaʼni «elektr chumolilar» yangi hududlarni ilgari o‘ylanganidan tezroq egallashga qodir.

 

«Elektr chumolilar juda xavfli bo‘lishi mumkin. Ular kabellar va kommutatorlar atrofida koloniyalar hosil qiladi va osongina qisqa tutashuvga olib kelishi mumkin, bu esa o‘z navbatida elektr uzilishiga yoki hatto yong‘inga olib keladi», — degan pestitsidlar bilan shug‘ullanuvchi Cleankill Pest Control rahbari Pol Beyts.

 

York universiteti biologlari olib borgan yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Buyuk Britaniya iqlimi bu invaziv tur uchun mos kelgan. «Elektr chumolilar» har yili o‘z uyasidan 20-50 kilometr masofani bosib o‘tishi va shu radiusda yangi koloniyalar yaratishi mumkin. Shu bilan birga, chumoli inida bir nechta malika bo‘lishi mumkin.

 

Lasius neglectus chumolilari bir necha yil ichida Buyuk Britaniyaning turli hududlariga tarqalib ketgani aytilmoqda. Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, bosqinchi hasharotlar boshqa chumoli turlarini siqib chiqaryapti. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistondan kelgani aytilayotgan chumolilar Buyuk Britaniya energiyasiga tahdid qilmoqda | Zamon.uz