Chinozda ayol kishini poyezd bosib ketdi
Holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi poyezd yo‘lida ayol kishini jasadi yotganligi haqida videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Transport prokuraturasi maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 4 iyun kuni soat 06:20 da Xovos–Toshkent yo‘nalishidagi 6453-sonli shaharlararo elektropoyezdi Chinoz–Olmazor bekatlari oralig‘ida harakatlanib o‘tayotgan vaqtida 1987-yil tug‘ilgan m.S.ni urib yuborgan. Oqibatda fuqaro m.S. voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, M.S. epilepsiya kasalligiga chalinganligi va bir necha marta uyidan chiqib ketib qolganligi holatlari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.








