Toshkentdagi xonadonda mayning uskunasi aniqlandi
Holat bo‘yicha Energetika vazirligi maʼlumot berdi.

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi xonadonda mayning uskunasi borligi aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
9 iyun kuni vazirlik huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Unda Uchtepa tumani “Nashriyot” ko‘chasi 96-xonadonda mayning uskunasi borligi maʼlum bo‘lgan.
Holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, 77 mln 30 ming 400 so‘m qayta hisob-kitob amalga oshirilgan.
“Mazkur holat bo‘yicha tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi. Hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.








