Krishtianu Ronaldu va Jorjina o'rtasidagi shartnoma tafsilotlari
Jorjina futbolchidan har oyda yaxshigina pul oladigan bo’ldi.

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va uning sevgilisi Jorjina Rodriges kelishuvga erishdi. Shartnoma portugaliyalik futbolchining mol-mulkini himoya qiladi, biroq uning sobiq sevgilisining manfaatlari ham inobatga olingan.
Juftlik Jorjinaning birinchi homiladorligida shartnoma tuzgan. Hujjatga ko'ra, Ronaldu bilan xayrlashsa, Jorjina oilasini Ispaniyadagi uyiga ko'chiradi. Shuningdek, u umr bo'yi oyiga 100 000 yevro miqdorida to'lov oladi.
Bundan tashqari u 2017-yilda surrogat onalar tomonidan tug‘ilgan egizaklar Eva va Mateoning rasmiy onasi bo‘lib qoladi.








