O'zbekiston

Xorazmdagi barcha maktab va bog`chalar to‘liq filtrlangan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Shavkat Mirziyoyevning xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuvi boshlandi.

Xorazmdagi barcha maktab va bog`chalar to‘liq filtrlangan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuvi boshlandi. Uchrashuvda nomzod saylovchilarni o‘zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda.

 

Jumladan, Shavkat Mirziyoyevning taʼkidlashicha, Xorazmdagi barcha bog‘cha va maktablar filtrlangan ichimlik suvi bilan to‘liq taʼminlanadi. Shuningdek, 2030-yilga qadar maktabgacha taʼlimga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanadi va qamrov hozirgi 79 foizdan 100 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.


Shu maqsadda, qariyb 2 trillion so‘m mablag‘ hisobiga 500 ga yaqin yangi bog‘chalar tashkil etiladi. Shu bilan birga, kelgusi yetti yilda viloyatda zamonaviy maktablar barpo etish, mavjudlarining quvvatini oshirish hisobiga qo‘shimcha 90 ming o‘quvchi o‘rni yaratiladi. 

 


«Aholining zamonaviy uy-joyga o‘sib borayotgan talabini qondirish maqsadida, 50 ming xonadonga ega 2 mingta ko‘p qavatli uylar barpo etiladi», — deydi prezidentlikka nomzod.

 

Bundan tashqari, 2030-yilga qadar viloyatning Urganch, Xiva, Pitnak shaharlari, Gurlan, Tuproqqalʼa, Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa va Yangiariq tumanlaridagi 1 million aholi suv taʼminoti yaxshilanadi. Buning uchun 100 million dollar yo‘naltiriladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"