O'zbekiston

"Ona tilini unutish millatga xiyonat"

Qiziriq tuman aholisi uchun “Maʼrifat soati” tashkil etildi. Unda jurnalist Hanifa Zokirova surxondaryolik yoshlarning ona tilini qadrlashiga eʼtibor qaratdi.

"Ona tilini unutish millatga xiyonat"

 

Maʼlumki, O‘zbekiston bo‘ylab “Yoshlar oyligi” keng nishonlanmoqda. Mazkur oylik doirasida bir guruh “Maʼrifat” targ‘ibotchilari Surxondaryo viloyatiga yetib kelishdi. Ular tomonidan viloyatda “Maʼrifat tur”, “Zukko bolajon” hamda “Mehr va saxovat” kabi loyihalar amalga oshiriladi.

 

Xususan, Qiziriq tuman aholisi uchun “Maʼrifat soati” tashkil etildi. Unda jurnalist Hanifa Zokirova surxondaryolik yoshlarning ona tilini qadrlashiga eʼtibor qaratdi. Uning qayd etishicha, bu yoshlarning vatanparvarligidan dalolatdir.

 

«Yer yuzida hozirgi yashayotgan va qadimda yashab o‘tgan xalqlar tillarining umumiy soni turli manbalarda 2500 dan 5000 gacha deb ko‘rsatiladi. Tasavvur qilish qanchalik qiyin bo‘lsada, biz yashab turgan olamda shuncha til mavjud.

 

Shu sababli har bir xalq o‘z tilini saqlab qolishga, boshqa tillardan ko‘ra muhimroq ekanligini isbotlashga urinadi. Zero, ona tilini unutish millatga xiyonatdir. Til shu xalqning borligini tasdiqlab turuvchi omillardan biri.

 

Lekin tan olishimiz kerak bugun atrofimizda xorij tilida so‘zlashuvchilar yoki o‘z ona tilini butunlay unutganlar ham yo‘q emas. Albatta, xorij tillarini o‘rganish kerak. Axir til bilgan inson xor bo‘lmaydi. Biroq buni ona tilini unutish evaziga amalga oshirmaslik zarur.

 

Meni quvontirgani Surxondaryoda bu kabi holatga ko‘zim tushmadi. Yosh-u qari o‘zbek tilida faxr bilan gaplashishyapti», — dedi Hanifa Zokirova.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

"Ona tilini unutish millatga xiyonat" | Zamon.uz