O'zbekiston

"Bolangizni qiynab zavq olaman" — ayol farzandini yig‘latib, eriga videomurojaat qildi

Ayol Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanida yashashi aytilmoqda.

"Bolangizni qiynab zavq olaman" — ayol farzandini yig‘latib, eriga videomurojaat qildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ona o‘z farzandini yig‘latib, eriga murojaat qilgani ko‘ringan video tarqaldi. Aytilishicha, ayol Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanida yashaydi.

 

“Rahmatlar aytyapti sizga, ko‘p rahmat aytyapti. Yig‘la, qattiqroq yig‘la, menga bu taʼsir qilmaydi, bu dadangga taʼsir qilmayaptimi, menga ham endi taʼsir qilmaydi”, — deydi bolasini yig‘latib videoga olayotgan ona.

 

Mazkur voqeaga taalluqli ekani aytilayotgan skrinshotlarda O‘g‘iloy ismli fuqaro pochchasiga xabar yozib, farzandini olib ketmasa o‘lib qolishi mumkinligi aytilgan.

 

“Pochcha shu yoshga kirganda farzand ko‘rdingiz, farzandingiz kerak bo‘lsa, uydagilaringizga aytib, olib keting. Bola o‘lib qolishi mumkin. Biz hech narsa qilolmayapmiz. Men tug‘ganman deb, bizga bermayapti. Umarbekning nima aybi bor, yuzlariga urib, ko‘kartirib tashlagan. Ha, desa tug‘dirgan kelib, olib ketsin deydi”, — deyiladi yozishmada.

 

Bolasini yig‘latib, eriga videomurojaat qilgan ayol endi bolasiga qaramasligini, boshqa birovga ham bermasligini aytadi.

 

“Yo‘qolib, erga tegib ket dedingizmi? Shu gapingiz yomon botdi. Men bolangizga qaramasam, it ham qaramaydi. O‘zim endi qaramayman, lekin sizlarga ham bermayman. Tomosha qiling, zavqlaning. Qancha qattiq gapirganingiz sari, shu bola qiynalaveradi. Ajab bo‘libdi, bolangizni qiynab, zavqlanyapman”, — deydi ona.

 

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov hozir mazkur holat bilan shug‘ullanilayotgani, natijasi bo‘yicha tez orada maʼlumot berilishini aytdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"Bolangizni qiynab zavq olaman" — ayol farzandini yig‘latib, eriga videomurojaat qildi | Zamon.uz