Putinning mag‘lubiyati dunyo uchun halokatli
Xitoy kabi davlatlar Rossiyaga mos keladigan murosa bilan tinchlik formulasini ishlab chiqishga majbur.

Qo‘shma Shtatlar kabi davlat urushda mag‘lub bo‘lish, komissiyalar tuzish, tergov qilish va mag‘lubiyatdan saboq olish imkoniyatiga ega. Putin urushda mag‘lub bo‘lolmaydi, deb yozadi “Al Sharq al Awsat ” gazetasi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, Putinning Ukrainadagi g‘alabasi G‘arb uchun o‘ta xavfli bo‘lardi, biroq uning mag‘lubiyati butun dunyo uchun o‘ta xavfli bo‘lardi, chunki bu yadro qurolidan tortib to urushning tarqalishigacha, oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga, ukraina tomoni taslim bo‘lmoqchi emasligi, rejalashtirilgan hujum muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ham, oxirigacha kurashishi aniq. Urushning cho‘zilishi esa dunyoga tobora qimmatga tushmoqda.
Shu bois, nashrning xulosasiga ko‘ra, Xitoy kabi davlatlar Rossiyaga mos keladigan murosa bilan tinchlik formulasini ishlab chiqishga majbur.







