Tijorat tashkilotlariga “Portal”dagi xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat berildi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ayrim tijorat tashkilotlariga “Yagona portal”dagi xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat berildi.

Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilanganligi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari va to‘lov tizimi operatorlariga o‘zlarining mobil ilovalari orqali YAIDXPdagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berildi.
Buning uchun mazkur subyektlar Raqamlashtirish vazirligi bilan tegishli shartnoma tuzishlari lozim.







