Toshkentda Spark haydovchisi piyodani urib yubordi
Oqibatda 28 yoshli fuqaro vafot etgan.

Bugun, 16 iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB xabar bermoqda.
Hodisa soat 08:10 larda Yashnobod tumani TXAY ko‘chasida yuz bergan.1984-yilda tug‘ilgan N.S. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan kesib o‘tayotgan 1995 yilda tug‘ilgan A.T.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda A.T. olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.








