Turkiyaning Egey sohilidagi marvaridi — Fethiye
To'g'ridan-to'g'ri qoyalarga o'yilgan antik manzaralarga ega tog'lar va moviy shaffof dengiz haqida.

Fethiye Turkiyaning Egey dengizi sohilidagi marvariddir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qoyalarga o‘yilgan hayratlanarli antik manzaralarga ega ulkan Likiya tog‘lari; moviy shaffof dengizi, deyarli yil davomida iliq va moʻtadil ob-havosi; so‘lim tabiati – apelsin, anor, limon, qarag‘ay daraxtlari, qumli sohillari - bularning barchasi Fethiyega turk kurortlari orasida faxrlanishga va butun dunyodan kelgan sayyohlarning e’tiborini qozonishga imkon beradi.
O‘ludeniz Fethiyening mashhur kurortlaridan bo‘lib, u yerda go‘zal tabiat qo‘ynidagi qumli sohillarda sifatli dam olish mumkin. Go‘jek — yaxtachilikning poytaxti hamda Likiya tog‘lari orasida paraplanda uchish mumkin bo‘lgan Fethiyedagi ajoyib maskandir.
Fethiyedagi sohillar, odatda, oq qum va toshlardan iborat bo‘lib, noyob toshbaqalar tuxum qo‘yish uchun keladigan uzun qumli sohil piyoda yurish uchun ayni muddao. Shuningdek, shaffof zilol suvda suzish uchun Agia Nikola oroliga tashrif buyurish mumkin.
Fethiye yaqinida diqqatga sazovor joylar yetarlicha ko‘p. Ularning aksariyati zilzilalar natijasida vayron bo‘lgan, ammo ba’zi qadimiy binolar saqlanib qolgan. Misol tariqasida, Rim teatri qoldiqlari yoki 600 yillik tarixga ega risar qal’asi xarobalari bilan tanishishingiz va Mendos qoyasiga o‘yilgan Likiya qabrlarini ziyorat qilish mumkin. Ulardan eng qadimiy va eng kattasi - Amintas qabridir.
Shuningdek, sayyohlar yaxta ijaraga olib, Go‘jekdagi 12 orolga sayohatga chiqishi va Fethiyedagi Babadag‘ qoyasidan sakrashi mumkin. Sportga qiziqmaydiganlar uchun esa, Kaya Kay shaharchasiga ekskursiya qilishni, qarag‘ayzorlar oralab sayr qilishni, so‘ng esa, Kapalaklar vodiysiga tashrif buyurishi mumkin.







