O‘zbekiston AQSHga uran eksportini 80 foizga oshirdi
AQSHga uran eksport qiluvchi davlatlar orasida O‘zbekiston to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

O‘zbekiston AQSHga uran eksportini 2022-yilda 78 foizga oshirdi. “Kommersant”ning yozishicha, bugungi kunda AQSH uran xomashyosining 95 foizdan ortig‘ini xorijdan sotib oladi.
Xususan, AQSHga uran yetkazib beruvchi davlatlar orasida Kanada uran eksportini 61 foizga oshirib, AQSH importidagi hajmi 27 foizni tashkil etgan bo‘lsa, Qozog‘iston Qo‘shma shtatlarga 2022-yilda 10 million funt sterling miqdorida uran sotgan. Ushbu ko‘rsatkich bilan Qozog‘iston AQSHga uran eksport qiluvchi davlat orasida Kanadadan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Uchinchi o‘rinda 11,7 foiz ulush bilan Rossiya joylashgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston 2022-yilda AQSHga eksport hajmini 78 foizga oshirib, 4,44 million funt sterlinglik uran yetkazib bergan. Natijada mamlakatning AQSH bozoridagi ulushini 11 foizga yetgan.







