O‘zbekiston gimnastika federatsiyasiga rais saylandi
Bugun federatsiyaning navbatdan tashqari konferensiyasi o‘tkazilgan.

Bugun, 17 iyun kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda “O‘zavtosanoat” AK boshqaruv raisi Ro‘ziqulov Ulug‘bek Ubaydullayevich O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining raisi etib saylandi.








