Toshkentda 5 ta avtomashina YTHga uchradi
Holat Qo‘yliq ko‘prigi ustida yuz bergan.

Bugun, 18 iyun kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida beshta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi.
Holat soat 12:20 larda Bektemir tumani Qo‘yliq ko‘prigi ustida yuz berdi. Unda 1995 yilda tug‘ilgan Sh.R. boshqaruvidagi Cobalt, 1990 yilda tug‘ilgan Z.A. boshqaruvidagi Lacetti, 1995 yilda tug‘ilgan M.T. boshqaruvidagi Spark, 1991 yilda tug‘ilgan A.X. Nexia–2 hamda 1953 yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashgan.
YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda








