Toshkentdagi 16 qavatli uyda yong‘in chiqdi
Hodisa joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan.

Bugun, 19-iyun kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan FVV rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, soat 20:29 da Yangihayot tumani “Yangi Darxon” MFY Navo ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning yuqori qavatidagi xonadonlarida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon soat 20:38 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:56 da o‘rab olingan va soat 20:59 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 15 qavatdagi xonadonda 5 kvadrat metr maydonida o‘rin ko‘rpa yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.








