Yangiyo‘lda erkak itni mashinasida sudrab qiynadi
Holat bo‘yicha IIB maʼlumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida fuqaro Nexia avtomashinasida itni sudrab ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Holatga viloyat IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, holat IIB xodimlari tomonidan tezkor o‘rganilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va ish sudga yuborilgan.
1983 yilda tug‘ilgan fuqaro N.A. Nexia avtomashinasida qo‘shnisiga tegishli bo‘lgan itni farzandlarini tishlamoqchi bo‘lgani uchun dalaga olib borib tashlamoqchi bo‘lgan. Itni yashash manzilidan olib ketayotgan vaqtida uni arqon bilan bog‘lab, avtotransportda sudragan.
IIB xodimlari tomonidan fuqaro N.A. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan va unga nisbatan MJtKning 111-moddasiga (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun JIB Yangiyo‘l tumani sudiga yuborilgan.








