O'zbekiston

Narkologiya markazi Ruhiy salomatlik markaziga aylantiriladi

Prezident "Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Narkologiya markazi Ruhiy salomatlik markaziga aylantiriladi

 

Prezident "Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligining aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi quyidagi takliflari maʼqullandi:

 

  • ixtisoslashtirilgan psixiatriya va narkologiya yordamini ko‘rsatishning yagona vertikal boshqaruv tizimini joriy etish;

 

  • birlamchi bo‘g‘in tibbiyot muassasalariga ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmatlarini integratsiya qilish;

 

  • ruhiy holati buzilgan shaxslarni dori vositalari bilan ehtiyojga ko‘ra to‘liq taʼminlash;

 

  • aholi, ayniqsa, bolalar va o‘smir yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash;

 

  • kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, mutaxassislarni munosib rag‘batlantirish va samarali mehnati uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish;

 

  • psixiatriya muassasalarining moddiy-texnik bazasini yana-da mustahkamlash.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 1 iyuldan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini, amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga aylantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

 

Belgilab qo‘yilishicha:

 

a) markaz:

 

ixtisoslashtirilgan psixiatrik, tibbiy-psixologik va narkologik yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yadi, ushbu yo‘nalishlarda yuqori texnologik moddiy baza va ilmiy maktabni shakllantiradi;

 

ruhiy salomatlikni taʼminlash yo‘nalishidagi ishlarni sog‘liqni saqlashning barcha darajalarida muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

 

b) hududlardagi ruhiy va narkologiya kasalliklari shifoxonalari va dispanserlari markazning hududiy tashkiliy-metodik bo‘linmalari hisoblanadi;

 

markaz, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari tibbiyot oliy, professional va o‘rta maxsus taʼlim muassasalarining tegishli kafedralari uchun asosiy klinik baza sifatida faoliyat yuritadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Narkologiya markazi Ruhiy salomatlik markaziga aylantiriladi | Zamon.uz