O'zbekiston

Onalik va bolalikni tibbiy muhofaza qilish asoslari kengaydi

SSV Tibbiy yordamni tashkillashtirish Departamenti bo‘limi boshlig‘i, Tibbiyot fanlari doktori, dotsent Sevara Ubaydullayeva so‘nggi yillarda onalik va bolalik muhofazasida yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida fikr bildirdi.

Onalik va bolalikni tibbiy muhofaza qilish asoslari kengaydi

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy yordamni tashkillashtirish Departamenti bo‘limi boshlig‘i, Tibbiyot fanlari doktori, dotsent Sevara Ubaydullayeva so‘nggi yillarda onalik va bolalik muhofazasida yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida fikr bildirdi.  

Sog‘liqni saqlash vazirligining Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasida ishlagan davrimda notanish raqamdan mobil telefonimga qo‘ng‘iroq bo‘ldi. O‘zini boshqa tashkilot xodimi deb tanishtirgan shaxs, Xorazm viloyati Shovot tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘uruq kompleksida tug‘ilgan chaqaloqning holati bo‘yicha yordam so‘radi. Uning so‘zlaridan, chaqaloq muddatiga yetmay, yaʼni homiladorlikni 24 haftasida tug‘ilgan. Sababi esa, homilador ayol Toshkentdan komandirovkadan qaytayotganida yo‘lda avtohalokat kuzatilib, tug‘uruq jarayoni boshlanib ketgan. Shoshilinch tez yordam orqali zudlik bilan tuman tug‘uruq kompleksiga olib borilgan, lekin bu tug‘uruq kompleksi chala tug‘ilgan bolalarni parvarishlash uchun moslashmagan bo‘lgani bois yordam so‘rab qo‘ng‘iroq qilishgan edi.

 

Shu zaxotiyoq, Xorazm viloyati perinatal markazi rahbari bilan bog‘lanib, bolani zudlik bilan markazga o‘tkazish borasida choralar ko‘ra boshladim. Shunda, markazdan kislorod berishga moslashgan, chaqaloqlarning issiqlik haroratini saqlab turuvchi moslama va yurak hamda pulsni o‘lchab turish imkoniyatiga ega tibbiy apparatura bilan jihozlangan chaqaloqlar reanimobil avtomashinasi va brigadasi Shovot tuman tibbiyot birlashmasiga yo‘l oldi.

 

Tumanga borish yo‘liga sarflanuvchi vaqt, bolani tibbiy apparaturalarga o‘tkazish, shuningdek qish mavsumi bo‘lib, sovuqda harakatlanish imkoniyati cheklanganligini eʼtiborga olgan holda chamasi 2 soatlarda bola reanimobilda markazga yetkazilganligi va markazga joylashtirilib – maxsus parvarishga moslashgan kuvez, sipap va boshqa tibbiy apparaturalar bilan parvarishlash boshlangani to‘g‘risida maʼlumot oldim. Bu vaqt davomida, murg‘ak bolaning hayoti qanchalik xavf ostida ekanini tushungan holda, qo‘lim sira ishga bormadi.

 

Maʼlumot olganimda, bolaning holati qanday deb so‘rashga ham qo‘rqib turgan edim, shifokor  go‘shakdan, bolaning ahvoli og‘ir, lekin barqaror ekanini aytdi, shunda sal bo‘lsa-da umid bor ekani dilimga taskin berdi.

 

Go‘shakni qo‘yarkanman, chuqur nafas olib, 10 yillarcha oldin onalik va bolalikni muhofaza qilishda xalqaro standartlarni muvofiqlashtirish jarayonida, bolalarning o‘sishi va rivojlanishi, chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘yicha oliy taʼlim muassasasi pedagogi sifatida ishchi guruhda amaliyot shifokorlari malakasini oshirardim. Bir o‘quv mashg‘ulot vaqtida ginekolog shifokorning ko‘z yoshlari bilan so‘zlab bergan voqeasi yodimga tushdi.

 

U 1998-2000 yillarda xalqaro standartlar kiritilmagan davr, chala tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish uchun (kuvez, sipap va hokazolar), shuningdek, tibbiy apparaturalar yetishmasligi 1-2,5 kg tana vaznigacha tug‘ilgan bolalar tirik tug‘ilsada, ularni saqlab qolish imkoni bo‘lmaganligi, o‘lim holatlari kuzatilganda juda qattiq tanqidiy choralar ko‘rilgan davrlar bo‘lganligini aytib berdi.

 

Oldingi davrda ko‘pgina ota-onalar shunday kichik vaznli bolalarni dunyoga keltirib qo‘yishsa, qanchalik mashaqqat bilan parvarishlashga harakat qilishsa-da, hozirgi kunda mavjud sharoitlar bo‘lmaganligi bois, bolalarni saqlab qolish imkoniyati bo‘lmaganligi inson dilini xira qiladi. Shunday bo‘lsa-da, bugungi kunlarda yurtimizda bu borada katta yutuqlarga erishilmoqda, respublikamiz hududlaridagi viloyat hamda tumanlararo perinatal markazlarda 500 gramm vazngacha bo‘lgan bolalar ham parvarishlanib, yashab ketayotgani hamma oilalarga quvonch baxsh etmoqda.

 

Onalik va bolalikning muhofazasini taʼminlash yo‘lida yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, perinatal markazlarni zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan jihozlash, ularni malakali kadrlar bilan taʼminlash sohaning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan va mazkur yo‘nalishni rivojlantirish uchun davlat tomonidan yillar davomida mablag‘ ajratib kelinmoqda.

 

Bularning natijasida 2017 yildan boshlab, tumanlararo perinatal markazlar soni 3 tadan 46 taga yetdi.  Bugungi kunda 17 mln. nafardan ortiq ayollarga (9,1 mln. nafardan ziyod tug‘ish yoshidagi ayollar) 22,3 ming o‘ringa ega 227 ta tug‘ruq muassasasi, 18 yoshgacha bo‘lgan 11 mln. nafar bolaga 13,3 ming o‘ringa ega 245 Ta pediatriya muassasasi xizmat qilib kelmoqda, axir.

 

Yurtimizda onalik va bolalikning muhofazasida xorijiy tajriba joriy etib borilar ekan, ilmiy asoslangan standartlarga muvofiq sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish miqyosi kengaytirilar ekan, albatta har bir xonadonda sog‘lom bolalar kulgusi yangraydi. Bu borada olib borilayotgan ishlar yurtimiz kelajagi uchun har bir dunyoga keladigan murg‘ak bolaning yashab ketishi uchun ulkan bir zamin bo‘ladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Onalik va bolalikni tibbiy muhofaza qilish asoslari kengaydi | Zamon.uz