Xitoy va AQSH to‘g‘ri yo‘lda—Bayden
AQSH prezidenti Blinkenning Xitoyga tashrifi haqida gapirdi.

AQSH prezidenti Jo Bayden Davlat departamenti rahbari Entoni Blinkenning Xitoyga tashrifidan so‘ng Vashington va Pekin to‘g‘ri yo‘lda ekanini aytdi.
Jurnalistlarning Amerika rahbari taraqqiyotni boshdan kechiryaptimi, degan savoliga u “siljish borligini” taʼkidlagan.
Bayden, shuningdek, Blinkenni maqtab, Davlat kotibi ajoyib ish qilganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, 18-19 iyun kuni Blinken ikki kunlik tashrif bilan Xitoyga kelgan edi. U XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashdi va Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gang va Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari Van Yi bilan muzokaralar o‘tkazdi.








