Jahon

Fox News telekanalining sobiq boshlovchisi Baydenning o‘g‘lini chet el agenti deb atadi

Karlson prezidentning o‘g‘li o‘z xizmatlarini Xitoy, Ukraina va boshqa mamlakatlarga taklif qilganini taʼkidladi.

Fox News telekanalining sobiq boshlovchisi Baydenning o‘g‘lini chet el agenti deb atadi

 

Fox News telekanalining sobiq boshlovchisi Taker Karlson Twitterda AQSH prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Xanter chet el agenti maqomiga loyiq ekanini aytdi, chunki u FQB maʼlumoti bilan «otasi va boshqa qonunchilarga yillar davomida kirish huquqini sotgan».

 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Xanter Bayden AQSHning xorijiy agentlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonunini (FARA) bir necha bor buzgan. Karlson prezidentning o‘g‘li o‘z xizmatlarini Xitoy, Ukraina va boshqa mamlakatlarga taklif qilganini taʼkidladi.

 

«Agar tizim adolatli bo‘lsa, Xanter Bayden FARAni buzganlikda ayblanayotganlar ro‘yxatida birinchi bo‘lardi. Xanter Bayden chet el agenti edi, u hech qachon ro‘yxatdan o‘tmagan», — dedi Karlson.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Vashington uchun «amerikalik saylovchilar ehtiyojlaridan» ko‘ra Ukraina hukumatining talablari muhimroq. Jurnalist FQB hech qachon Xanter Bayden faoliyatini tekshirmasligiga ishonch bildirdi.

 

Avvalroq, Vakillar palatasida ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritgan respublikachilar AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden o‘g‘li Xanter bilan birga faol ishtirok etgan xorijiy biznes operatsiyalarini tekshirish niyatida ekanliklarini maʼlum qilgan edi. Oq uy bunga javoban Respublikachilar partiyasini «uzoqdan beri inkor etib kelinayotgan fitna nazariyalarini» ishlab chiqishda aybladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Fox News telekanalining sobiq boshlovchisi Baydenning o‘g‘lini chet el agenti deb atadi | Zamon.uz