Toshkentda haydovchilar yo‘l talashib janjallashdi
Holat yuzasidan shahar IIBB maʼlumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 2 nafar haydovchi o‘rtasidagi ziddiyat aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan shahar IIBB maʼlumot berdi.
Joriy yilning 19 iyun kuni Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi K.Z. hamda Lacetti haydovchisi B.A.lar yo‘l talashish oqibatida o‘zaro janjallashganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushbu haydovchilarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga yuborilgan.








