AQSh kambag’al mamlakatlarga moliyaviy yordam ajratdi
Pulning katta qismi Sudanga beriladi.

AQSh Sudan va gumanitar inqiroz oqibatlaridan aziyat chekayotgan qo'shni davlatlar uchun qo'shimcha gumanitar yordam sifatida deyarli 172 million dollar ajratilishini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, joriy moliya yilida Vashington Sudan va qo‘shni davlatlarga, jumladan, Chad, Misr, Efiopiya, Janubiy Sudan va Markaziy Afrika Respublikasiga qochqinlar, ichki ko‘chirilganlar va tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan odamlarga yordam berish uchun 550 million dollardan ortiq mablag‘ ajratgan.
Eslatib o‘tamiz, Sudanda aprel oyi o‘rtalaridan buyon Tezkor harakat kuchlari (RSF) va mamlakat muntazam armiyasi o‘rtasida janglar davom etmoqda.








