AQShda sun'iy go'shtni sotishga ruxsat berildi
Laboratoriya go'shti hayvonlardan olingan hujayralardan yetishtiriladi.

AQSh Qishloq xo'jaligi vazirligi sun'iy ravishda yetishtirilgan go'shtni sotish uchun ruxsat berdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, "Upside Foods" va "Good Meat" kompaniyalari "madaniy tovuq go'shti" deb nomlangan mahsulotni sotish uchun litsenziya olgan.
Qo'shma Shtatlar dunyoda laboratoriya go'shtini sotishga ruxsat bergan ikkinchi davlatga aylandi. Bungacha u qonuniy ravishda faqat Singapurda sotilgan.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, laboratoriya go‘shtni iste’mol qilish global iqlim o‘zgarishiga olib keladigan issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga yordam berishi mumkin. Ularning aytishicha, laboratoriya go'shti hayvonlardan olingan hujayralardan yetishtiriladi.







