Jahon

Ilk termoyadro bombasi ixtirochisi o‘z joniga qasd qildi

92 yoshli Klinishovning jasadi 17-iyun kuni topilgan.

Ilk termoyadro bombasi ixtirochisi o‘z joniga qasd qildi

 

Birinchi sovet termoyadro bombasi ixtirochisi, 92 yoshli Grigoriy Klinishov Moskva shahrida o‘z joniga qasd qildi. “Regnum” xabariga ko‘ra, muhandis-fizikning jasadi 17 iyun kuni o‘z uyida qarindoshlari tomonidan topilgan. 

 

Klinishov qarindoshlarining uydan chiqib ketishini kutib, vidolashuv xatini qoldirib, o‘z joniga qasd etgani taxmin qilinmoqda. Xatda u qizidan kechirim so‘ragan. So‘nggi vaqtlarda uning kasal ekani, xotinining o‘limidan qattiq qayg‘uda bo‘lgani aytilmoqda.  

 

Grigoriy Yemelyanovich Klinishov 1930 yilda tug‘ilgan. U birinchi sovet termoyadro bombasini (RDS-37) ixtirochilaridan hisoblanadi. 

 

Yadro quroli bilan bir xil zarar yetkazuvchi omillarga ega termoyadro qurolining portlovchi kuchi ancha qudratli bo‘ladi. 

 

Birinchi sovet termoyadro bombasi sinovi 1955 yil 22 noyabrda Qozog‘istondagi Semipalatinsk poligonida bo‘lib o‘tdi. Shu kuni dunyoda birinchi marta quvvati 1 megatonnadan ortiq bo‘lgan bomba portlatildi. Ushbu sinov 200 km radiusda bir qator fojiali voqealarga olib keldi. 59 ta aholi punktida binolar zararlandi yoki vayron bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi, shiftlarning qulashi tufayli bir necha kishi halok bo‘ldi. Portlash epitsentridan 240 km uzoqlikdagi radiusda uylarning oynalari sindi va radiatsiya darajasining oshishi qayd etildi. 

custom img

Kobuldagi xususiy maktabda portlash sodir bo‘ldi, o‘quvchilar jarohatlandi

O‘quvchilar darslardan chiqqanidan keyin maktab hovlisiga granata otilgan

custom img

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik kelin vafot etdi

U o‘limidan oldin dugonasiga eri shirinlik tufayli uni urganini aytgan.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"